Surxondaryoda onasidan ajralib qolgan ayiq bolasi topildi
24 yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida onasidan ajralib qolgan 1 dona qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi.

O‘rmon nazoratchilari ayiq bolasini o‘rmon xo‘jaligiga olib borgan. U o‘rmon xo‘jaligi binosida ichimlik suvi, sabzavotlar, o‘rmon mevalari va non bo‘laklari bilan oziqlantirilib, vaqtinchalik saqlab turilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i turiga mansub bo‘lgan ushbu ayiq bolasi onasi uyquga ketishidan oldin adashib qolgani taxmin qilinmoqda.
Qishning hozirgi sovuq kunlarida uning yovvoyi tabiatda ozuqa topolmay nobud bo‘lishi hamda brakonerlar tomonidan ovlanishi ehtimoli yuqori ekani inobatga olinib, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan ayiq bolasi veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish va vaqtincha saqlab turish maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i qoshidagi reabilitatsiya markaziga topshirilmoqda.
Vazirlik hamda Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari bahor fasli boshida ushbu ayiq bolasini «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligidagi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

12:40 / 23.02.2025