O‘zbekiston | 15:10 / 26.01.2023
23411
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholi soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar ma’lum qilindi

Foto: KUN.UZ

2023 yilning 1 yanvar holatiga respublikadagi doimiy aholi soni 36 024,9 ming kishini tashkil etgan

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng ko‘p bo‘lgan shaharlar bo‘yicha birinchi o‘rinda Namangan shahri qayd etildi – 678,2 ming kishi.

Keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 573,2 ming kishi hamda 468,1 ming kishi bo‘lgan Samarqand shahri va Andijon shahri joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan shaharlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

— Nukus shahri – 334,6 ming kishi;
— Farg‘ona shahri – 305,6 ming kishi;
— Qarshi shahri – 289,6 ming kishi;
— Buxoro shahri – 289,2 ming kishi;
— Qo‘qon shahri – 264,1 ming kishi;
— Marg‘ilon shahri – 246,7 ming kishi;
— Termiz shahri – 195,9 ming kishi.

Bundan oldin O‘zbekistonda aholisi soni eng kam bo‘lgan shahar ma’lum qilingandi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan shaharlar bo‘yicha birinchi o‘rinda G‘ozg‘on shahri qayd etildi – 9,1 ming kishi.

Keyingi o‘rinlardan doimiy aholisi soni mos ravishda 19,3 ming kishi hamda 40,7 ming kishi bo‘lgan Shirin shahri va Ohangaron shahri joy oldi.

Mavzuga oid