Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London: Makiyivkada Rossiya harbiylari katta yo‘qotishlarga uchragan
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi yangi hisobotiga ko‘ra, Ukraina armiyasi Rossiya armiyasi tomonidan egallab olingan Donetsk viloyati Makiyivkada shahridagi kasb-hunar maktabi binosiga zarba berganida, Rossiya tomoni yo‘qotishlari katta ehtimol bilan 300 kishidan oshgan.
Harbiy xizmatchilarning aksariyati jarohatlangan emas, balki halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan bo‘lishi mumkin, deb ma’lum qildi London va Rossiya Mudofaa vazirligining 89 nafar harbiyning o‘limini tan olishini «noyob qadam» deb atadi.
Britaniya idorasining ta’kidlashicha, Rossiya tomonidan tan olingan qurbonlar soni va ehtimol haqiqiy halok bo‘lganlar ko‘rsatkichi o‘rtasidagi farq «Rossiya ommaviy bayonotlarida dezinformatsiya keng tarqalganligini» tasdiqlaydi.
«Bu, odatda, yuqori rahbariyat tomonidan ruxsat etilgan ataylab yolg‘on ma’lumot berish va xatolarini kamaytirishga intilayotgan quyi mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri hisobotlarni uzatish bilan bog‘liq», deya qo‘shimcha qildi London.
1 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari safarbar qilinganlar joylashtirilgan Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosiga hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, zarba natijasida 89 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Ukraina tomoni 400 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025