Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p qavatli uylar “kiyintirilmoqda”. Bu sovuq va issiqda yordam beradimi?
Poytaxtning Chilonzor, Uchtepa tumanlari va Toshkent viloyatining Angren, Chirchiq shaharlarida eski ko‘p qavatli uylarni renovatsiya qilish boshlandi. Turar joylarning fasadlariga bazalt plitalar o‘rnatilmoqda.
Yanvar oyida kuzatilgan anomal sovuq sababli ko‘p qavatli uylarni isitishda muammolar paydo bo‘ldi. Bu ayniqsa, Toshkent shahrida ko‘proq sezildi. Shundan so‘ng bosh vazir Abdulla Aripov raisligida qattiq sovuq sharoitida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 31 mingta uyning fasad qismi bosqichma-bosqich bazalt qoplamaga o‘tkazilishi aytildi.
Hozirda respublikaning bir necha hududlarida eski ko‘p qavatli uylarni renovatsiya qilish boshlab yuborildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining ma’lum qilishicha, ishlar dastlab Toshkent shahrining markaziy isitish tizimi bilan bog‘liq muammoli hududlarida boshlangan.Sinov tariqasida Chilonzordagi Oqtepa va Uchtepadagi Bog‘obod mahallalaridagi ko‘p qavatli uylar tanlangan.
“Poytaxtimizning Uchtepa va Chilonzor tumanlarida 3 ta eng yomon holatdagi uyni olib, namuna sifatida modernizatsiya qilyapmiz. Aholimiz qisqa vaqt ichida, hali qishdan chiqmasdanoq natijasini ko‘radi. Bazalt tolali qoplama devorga o‘rnatilgach, natija 7-8 kunda sezila boshlaydi. Chunki, qoplamadan so‘ng, devorning o‘zi ham isib olishi kerak”, — dedi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bazalt vatasi qishda issiqlikni, yozda salqin havoni tutib qolishga yordam beradi. Bunday shaklda izolyatsiya qilingan uylarda energiya sarfi keskin kamayadi hamda tashqaridagi shovqinning uy ichida eshitilishi ancha pasayadi.
Jarayon respublika bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025