O‘zbekiston | 12:52 / 06.02.2023
13655
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi zilzila: O‘zbekiston diplomatlari TIV huzuridagi tezkor shtab bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi

Foto: sabah.com

Bugun ertalab Turkiya janubida sodir bo‘lgan 7,4 magnitudali zilzila oqibatida mamlakatning Diyorbakir, Malatya, Qahramonmarash, Xatay, Kilis va boshqa provinsiyalariga  jiddiy zarar yetgan, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Ayni daqiqalarda 500 ga yaqin kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Suriyada ham shunga o‘xshash vaziyat kuzatildi. Halab, Xama va Idlibda ko‘plab binolar vayron bo‘lgan va qurbonlar bor.

Turkiyaning Qahramanmarash provinsiyasining Pazarjik tumanida sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng mahalliy vaqt bilan soat 06:30 holatiga ko‘ra jami 42 marta yer silkinishi qayd etilgan bo‘lib, ularning eng  kuchlisi 6,6 ballni tashkil qilgan.

O‘zbekistonning Turkiyadagi diplomatiya vakolatxonalari xodimlarining ma’lum qilishicha, Anqaradagi elchixona va Istanbuldagi Bosh konsulxona Turkiya hukumati, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi huzurida tashkil etilgan tezkor shtab bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Quyida AFADning (Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda boshqaruv) Turkiya shaharlari bo‘yicha telefon raqamlari keltirilmoqda:

  • AFAD Diyarbakir: 0412 326 1156
  • AFAD Hatay: 0326 112 0000
  • AFAD Maras: 0344 221 4991
  • AFAD  Antep: 0342 428 1118
  • AFAD Adana: 0322 227 2854
  • AFAD  Adiyaman: 0416 216 1231
  • AFAD Urfa: 0414 313 7290
  • AFAD Malatya: 0422 212 8432
  • AFAD Mardin: 0482 212 3740
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid