11 mingdan ortiq obekt qurilish ishlari normaga to‘g‘ri kelmasligi bois rad etilgan

Foto: KUN.UZ
2022 yilda 11 162 ta obektning qurilish ishlari belgilangan normalarga to‘g‘ri kelmasligi bois rad etilgan. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish-montaj ishlari tugallangan bino va inshootlardan foydalanishga ruxsat berish bo‘yicha 16 576 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 11 162 ta obektning qurilish ishlari belgilangan normalarga to‘g‘ri kelmasligi bois rad etilgan.
Obektlarning qurilish jarayonida 4 xil turdagi nazorat: pudrat tashkilotining ichki nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati, buyurtmachi tashkilotining texnik nazorati va inspeksiyaning davlat nazorati yuritiladi.
Bugungi kunda qurilish ishlarida sifat va nazoratga birlamchi masala deb qaralmoqda va bu ishlar qat’iy davom ettiriladi, deyiladi ma’lumotda.
Bildirilishicha, respublika hududlari seysmik ball ko‘rsatkichlari bo‘yicha zonalarga bo‘lingan.
Shundan kelib chiqqan holda, bosh rejalarda hududlarda obektlarni joylashtirishda mazkur seysmik ball ko‘rsatkichlari inobatga olinadi.
Loyiha tashkilotlari tomonidan obektlar hududning belgilangan seysmik ballidan kelib chiqqan holda loyihalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

20:00 / 22.02.2025
Toshkentdagi noqonuniy qurilish maydonida erkak zinadan yiqilib vafot etdi

07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti

19:23 / 31.08.2024
So‘xda bozor, Sariosiyoda kichik GES va Navoiyda sport inshootlari – bayram arafasida qanday obektlar foydalanishga topshirildi?

15:21 / 18.03.2024