Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan 11 nafar O‘zbekiston va 6 nafar Qirg‘iziston fuqarosi maxsus samolyotda Toshkentga evakuatsiya qilindi
Turkiyaning Hatay viloyatida o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan olgan qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 50 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tarqatgan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, kecha Toshkent vaqti bilan soat 19.00 da qutqaruvchilar vayronalar ostidan olgan qurbon bo‘lganlarning umumiy soni 50 nafarga yetgan.
Avval xabar berilganidek, kecha erta tongda O‘zbekistondan navbatdagi insonparvarlik yordami Hatayga yetkazildi. Mazkur bortning ortga qaytishida vayronkor zilzilada jabrlangan O‘zbekistonning 11 nafar va Qirg‘izistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, turk xalqiga yana bir bor hamdardlik bildirdi.
So‘nggi ma’lumotlarda Turkiyada halok bo‘lganlar soni 17 134 kishidan, jabrlanganlar soni 66,1 ming kishidan oshgani, 6444 ta bino vayron bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025