Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovga qarshi ringga chiqmadi
Unga qo‘lidan olgan jarohati xalal berdi.
Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha Strandja-2023 xalqaro turniri o‘tkazilmoqda.
«Kichik mundial» deb ataladigan turnirning chorakfinalida Qozog‘iston milliy jamoasi yetakchisi Qamshibek Qo‘nqabayev +92 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik asosiy raqibi Bahodir Jalolovga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, qo‘lidan olgan jarohati tufayli ringga chiqmadi.
«Qamshibek Qo‘nqabayev qo‘lidan olgan jarohati tufayli ringga chiqa olmadi. Bundan tashqari, murabbiylar shtabi fikriga ko‘ra, og‘ir vaznli sportchida mashg‘ulotlar jarayoniga to‘liq kirishish uchun juda kam vaqt bo‘lgan. Qamshibek tuzalib, birinchi navbatda salomatligi haqida qayg‘urishi kerak. Uni oldinda Toshkentdagi jahon chempionati va Hanchjoudagi Osiyo o‘yinlari kutmoqda», deyiladi xabarda.
Shu tariqa, Bahodir Jalolov jangsiz turnir yarimfinaliga yo‘l oldi. Uning raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
19:02 / 22.05.2025