Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: «Putin bilan gaplashadigan mavzu qolmadi»
U bu so‘zlarni Rossiya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga javoban aytdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashadigan mavzu qolmagan.
Zelenskiy bu so‘zlarni Rossiya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga javoban aytdi. Ukraina rahbari avvalroq urushni to‘xtatish haqida Putin bilan muzokaralar o‘tkazish niyati bo‘lganini, biroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va boshqalar buni uyushtira olmaganini ta’kidladi. Endi esa Ukraina bunday muzokaralarga bora olmaydi.
«Yo‘q. Endi biz qila olmaymiz. Bu avvalgi odam emas (Putin), u yerda gaplashadigan hech kim yo‘q», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti nazariy jihatdan urushni tugatish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish haqida o‘ylamasligini aytdi. Biroq u tinchlik formulasiga Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari, Hindiston va Xitoyni jalb qilmoqchi.
Bundan tashqari, Zelenskiy Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar shartlarini ham e’lon qildi: Rossiya Ukraina hududidan chiqib ketishi, Ukraina hududiga zarba berishni va tinch aholini o‘ldirishni bas qilishi kerak.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025