Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 1,5 ming dollar evaziga ingliz tili sertifikatini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston tumanida fuqaro CEFR C1 ingliz tili sertifikatini 1,5 ming dollar evaziga sotib olmoqchi bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida xalqaro sertifikat olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning O‘zbekiston tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro M.Sh. va boshqalar fuqaro J.A.ga ingliz tilini bilish darajasini beruvchi CEFR C1 toifali xalqaro sertifikatni hech qanday imtihon topshirmasdan 1,5 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 1 000 dollarni olganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
07:35 / 26.04.2025