Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada norozilik uyushtirgan o‘zbekistonlik migrantlarga Senat tomonidan yordam ko‘rsatilmoqda
Ishchilar 4 oydan beri maosh berilmayotganiga e’tiroz bildirishgandi.
O‘zbekiston Senatining Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi Moskva shahrida 22 fevral kuni o‘zbekistonlik migrantlar ishtirokida ommaviy norozilik o‘tkazilgani yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat komissiya tomonidan nazoratga olingan va bu borada xorijdagi o‘zbekistonliklarga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. Har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi va tegishli zarur choralar ko‘rilishi yo‘lga qo‘yilgan.
2022 yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda elchixonalar va konsullik idoralari tomonidan xorijiy ish beruvchilardan fuqarolarning 1 199,7 ming AQSh dollari miqdorida ish haqi va kompensatsiyalari undirib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilgani ta’kidlab o‘tilgan.
Bundan oldinroq «Nastoyashcheye vremya» Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘zbekistonlik va tojikistonlik mehnat migrantlari ommaviy norozilik mitingi o‘tkazgani haqida xabar bergandi. Ma’lum bo‘lishicha, Moskva shahridagi Crocus Group kompaniyasiga tegishli qurilish obektida ishlagan mehnat migrantlariga 4 oydan beri maosh berilmagan. Namoyishchilarni tarqatish uchun qo‘riqchilar travmatik qurollardan havoga o‘q uzgan.
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi ham mojaro yuzasidan ma’lumot bergandi.
«Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli uyushtirilgan norozilik harakati oqibatida ish beruvchilar va migrantlar o‘rtasida jismoniy kuch ishlatilgan. Shundan so‘ng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uchrashib, ularning ishlagan barcha maoshlarini to‘lashga va’da bergan. Ushbu holatda jarohat olganlar va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q», deyilgandi xabarda.
Mavzuga oid
19:34 / 26.02.2023
Rossiyaga mehnat migrantlari kirib kelishi 2022 yilda 33 foizga o‘sgan - FinExpertiza
22:40 / 22.02.2023
20 yoshli o‘zbekistonlik Rossiyadagi qurilishda halok bo‘ldi
22:33 / 21.02.2023
Rossiya hukumati O‘zbekiston fuqarolarini qurilish obektlariga jalb qilish loyihasini to‘xtatdi
19:30 / 18.02.2023