Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshladi
Rossiya bilan chegaraning qariyb 200 kilometrini o‘rab olish uchun uch metrli devor qurish rejalashtirilgan. Finlandiya muhojirlarning Rossiya chegarasidan oqib kelishidan xavotirda.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida NATOga nomzod Finlandiya Rossiya bilan chegarada 200 kilometr uzunlikdagi uch metrli panjara qurishni boshladi. Finlandiya chegara xizmati 28 fevral, seshanba kuni ma’lum qilishicha, haqiqiy qurilish ishlari mart oyida daraxtlar ildizi bilan boshqa joyga ko‘chirilganidan keyin boshlanadi.
To‘siqning uch kilometr uzunlikdagi birinchi qismi mamlakat janubi-sharqiy qismidagi Imatra shahrida o‘rnatiladi. 2025 yilgacha yana 75 kilometr panjara quriladi. Qurilish qiymati 380 million yevroga baholanmoqda. Finlandiyaning Rossiya bilan chegarasi umumiy uzunligi - 1300 km.
Uch metrli panjara tikanli simlar bilan jihozlanadi, ayrim hududlarda tungi ko‘rish kameralari, chiroqlar va ovoz kuchaytirgichlar o‘rnatiladi. Hozirgi vaqtda Finlandiya-Rossiya chegarasida faqat oddiy yog‘och panjara o‘rnatilgan. Finlandiya Rossiya muhojirlardan siyosiy vosita sifatida foydalanishi mumkinligidan xavotirda, shuning uchun parlament iyul oyida qonunchilikka chegara to‘siqlarini qurishni osonlashtiradigan tuzatishlarni ma’qulladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
00:36 / 28.05.2025