Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari o‘quv mashg‘ulotlarini yakunladi
Hindistonda «Do‘stlik-2023» o‘zbek-hind harbiy o‘quv mashg‘ulotlari nihoyasiga yetdi.
Hindistonning Uttarakxand shtati, Badlani qishlog‘ida joylashgan 438-motoo‘qchilar polkida «Do‘stlik-2023» o‘zbek-hind qo‘shma taktik-o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlarining yakuniy qismida ishtirokchilar tomonidan ikki hafta davomida o‘zlashtirilgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarining namoyishi tashkil etilgan. Unda ikki mamlakat harbiy xizmatchilari qo‘lbola usullarda portlatish, signal beruvchi vositalarni turli joylarga o‘rnatish, tog‘ tayyorgarligi mashg‘uloti, qoyalarda har xil usullarda tushish va chiqish, sun’iy tog‘ to‘siqli yo‘lagidan o‘tish, qo‘l jangi elementlarini qo‘llash, o‘rmonzor va tog‘li joylarda hamda yopiq inshootlarda o‘q otish mashg‘ulotlarini o‘tkazishni amalda ko‘rsatib bergan.
Hindistonliklar tomonidan o‘quv trenajyorlari, kvadrakopterlar, tungi va kunduzgi kuzatish va masofa o‘lchash moslamalari, qurolli bosqinchini qurolsizlantirishga o‘rgatilgan xizmat itlari, shuningdek parvozdagi dronni urib tushirishga o‘rgatilgan burgutlarning xatti-harakati namoyish etilgan.
Shuningdek, tungi vaqtda, ko‘rish darajasi o‘ta past vaziyatda shartli terroristik kuchlar joylashgan lagerga hujum uyushtirish bo‘yicha «Chaqmoq» operatsiyasi o‘tkazilgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston va Hindiston harbiy hamkorligi doirasidagi o‘quv mashg‘ulotlari to‘rtinchi marta o‘tkazildi.
Birinchisi 2019 yilda, Toshkent harbiy okrugi hududidagi umumqo‘shin poligonida, ikkinchisi 2021 yilda Hindistondagi Utaranchal shtati, Ranikxet provinsiyasidagi «Chaubatiya» o‘quv markazida, uchinchisi 2022 yilda Xorazm viloyatida joylashgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning «Yangiariq» umumqo‘shin poligonida tashkil etilgan edi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
19:54 / 23.05.2025