Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlar orasida yettinchi o‘rinda
Turkiyada qariyb 60 ming o‘zbekistonlik uzoq muddatli propiska bilan yashamoqda.
2023 yil yanvar oyiga ko‘ra O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada uzoq muddatli propiskaga ega bo‘lganlar orasida yettinchi o‘rinda, qisqa muddatli yashash uchun ruxsatnoma egalari orasida esa beshinchi o‘rinda bormoqda. Bu haqda Turkiya migratsiya xizmati saytida ma’lumot keltirilgan.
Yanvar oyida O‘zbekistonning qariyb 60 ming fuqarosi Turkiyada uzoq muddatli propiska bilan yashagan. Birinchi o‘rinni rossiyaliklar (154,3 ming), ikkinchi o‘rinni iroqliklar (130,6 ming) egallagan.

Qisqa muddatli propiskaga ega migrantlar orasida qariyb 42 ming o‘zbekistonlik bor. Bu — beshinchi ko‘rsatkich. Birinchi o‘rinni iroqliklar egallagan — 117,4 ming kishi.

Ammo oilaviy yashash uchun ruxsatnoma bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari Ozarboyjondan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatda 9 mingdan ziyod o‘zbek oilasi istiqomat qiladi.

Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025