Koronavirus pandemiyasi shu yil tugashi kutilmoqda - JSST
2023 yil davomida bu haqda e’lon qilinishi mumkin.

Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyyesus so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda COVID-19 pandemiyasi yakunlanishi kutilmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.
«Ishonchim komil, 2023 yilning qaysidir nuqtasida COVID-19 jamoat salomatligi sohasida favqulodda holat yoki pandemiya sifatida bekor qilinadi», dedi u.
Uning fikriga ko‘ra, hozir dunyoda epidemiologik vaziyat nisbatan barqaror. So‘nggi haftalarda kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari pandemiya boshlangan ilk kunlarga nisbatan sezilarli darajada kam.
Shunga qaramay, hali xotirjamlikka berilishga biroz erta. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, kelgusida koronavirusning yangi mutatsiyalari paydo bo‘lib, pandemiyaning yangi to‘lqini avj olmasligiga kafolat yo‘q.
JSST koronavirus pandemiyasi haqida 2020 yil 11 mart kuni e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

14:54 / 30.03.2025
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi

20:10 / 11.03.2025
JSST: Har yili havo ifloslanishi oqibatida 7 millionga yaqin odam vafot etmoqda

00:47 / 07.03.2025