“Elektrqishloqqurilish” Rossiya kompaniyasiga sotildi
“Elektrqishloqqurilish” AJ ustav kapitalidagi 58,41 foiz aksiyalar paketi 93,2 mlrd so‘mga Rossiyaning “Uralskaya energeticheskaya stroitelnaya kompaniya”siga sotildi.
“Elektrqishloqqurilish” AJ ustav kapitalidagi 58,41 foiz aksiyalar paketi Rossiya kompaniyasiga sotilmoqda. Bu haqda “UzAssets” ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, korxonaning 58,41 foiz aksiyalarini 93,2 mlrd so‘mga Rossiyaning “Uralskaya energeticheskaya stroitelnaya kompaniya”siga sotish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
“UzAssets” AJ tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida Grant Thornton xalqaro konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etilgan. Dentons xalqaro yuridik kompaniyasi huquqiy masalalarda ko‘maklashgan.
Sotib olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘risidagi 7 ta talabgor tomonidan ariza kelib tushgan.
“Eng yaxshi majburiyatga ega bo‘lgan taklif “Uralskaya energeticheskaya stroitelnaya kompaniya” (Rossiya) AJ tomonidan taqdim etilgan va uning narx taklifi konsultant tomonidan hisoblangan korxonaning indikativ narxlar parametrlari oralig‘ida joylashgan hamda korxonaning baholangan qiymatidan yuqori”, – deyiladi “UzAssets” rasmiy xabarida.
Spot ma’lumotiga ko‘ra, “Elektrqishloqqurilish” 1936 yilda qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish maqsadida, maxsus trest sifatida tashkil etilgan. 1998 yilda aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.
Hozirda kompaniya 0,4 KW dan 500 KW gacha bo‘lgan kuchlanishdagi elektr tarmoqlari obektlarini qurish bo‘yicha Markaziy Osiyodagi asosiy pudratchi sanaladi. Korxona “Lukoyl”, Hyundai Engineering, Hengyuan Group va boshqalar uchun elektr-montaj ishlarini bajargan.
“Elektrqishloqqurilish” biznes tuzilmasi Namangandagi metallokonstruksiya zavodi, Quvasoydagi temir-beton mahsulotlari zavodi, Toshkentdagi ishlab chiqarish va texnologik komplektaksiyalar boshqarmasi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, qurilish oynalari va shisha idishlar bozorida monopol mavqega ega “Kvars” AJ ustav kapitalidagi 89,8 foiz davlat ulushi ofshordagi kompaniyaga 265 mlrd so‘mga sotilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:44
Toshkentdagi International va Lotte mehmonxonalari xususiylashtirildi
13:52
Britaniya O‘zbekistonda davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda qatnashmoqchi
11:04 / 19.11.2024
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin
17:10 / 18.11.2024