Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara chizig‘i 5 kilometrga uzaytiriladi
Bunga daryo o‘zani o‘zgarib ketgani sabab bo‘lgani aytildi.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara chizig‘i 5 kilometrga uzaytiriladi. Bu haqda Qozog‘iston Senatining umumiy yig‘ilishidan so‘ng Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko ma’lum qildi, deb yozdi Kazinform.
«So‘nggi 19 yil ichida demarkatsiya bilan bog‘liq jarayonlar davomida chegara chizig‘i o‘tadigan nuqtalarga aniqlik kiritildi. Bu masalada har ikki tomonning mahalliy aholisi manfaatlari va chegarani qo‘riqlashning qulayligi inobatga olindi. Shu tariqa chegara chizig‘i 5 kilometrga uzaytirildi. Aniqroq aytganda, butun chegara uzunligi 2356 kilometr 666 metrni tashkil etdi. Shu tariqa u 5 kilometrga kengaydi», — dedi Roman Vasilenko.
Uning qayd etishicha, demarkatsiya vaqtida daryo o‘zani o‘zgarib ketgani aniqlangan.
«Bizni O‘zbekiston bilan ikkita daryo – Sirdaryo va Keles birlashtirib turadi. Kanal yo‘nalishi va orolchalar o‘zgarib bormoqda. Chegara an’anaviy ravishda daryo bo‘ylab chiziladi. Chegara uzunligining o‘zgarishi o‘tgan yilning 22 dekabrida imzolangan chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha yakuniy kelishuvga bog‘liq», deb aniqlik kiritdi vazir o‘rinbosari.
Avvalroq senatorlar «Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi Qozog‘iston Respublikasi qonuni loyihasini qabul qilgan edi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
19:02 / 22.05.2025