Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Samarqand aeroportlari mintaqada eng yaxshilar qatoriga kirdi
Nufuzli Skytrax World Airport Awards sovrinini Qozog‘iston poytaxti aeroporti qo‘lga kiritdi.
Toshkent va Samarqanddagi xalqaro aeroportlar Markaziy Osiyo va MDH davlatlari aeroportlari orasida eng yaxshi o‘ntalikka kirdi. Bu haqda Skytrax World Airport Awards xabar berdi.
Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti reytingda oltinchi, Samarqand to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.
Dastlabki ikki o‘rinni Qozog‘istonning Astana va Almati shahri aeroportlari qo‘lga kiritdi. Moldovaning Kishinyov aeroporti uchinchi bo‘ldi.
Top-10 Markaziy Osiyo va MDH davlatlari aeroportlari:
- Astana (Qozog‘iston)
- Almati (Qozog‘iston)
- Kishinyov (Moldova)
- Yerevan (Armaniston)
- Atirau (Qozog‘iston)
- Toshkent (O‘zbekiston)
- Naxchivan (Ozarboyjon)
- Ashgabat (Turkmaniston)
- Samarqand (O‘zbekiston)
- Ganja (Ozarboyjon)
Dunyoning eng yaxshi 100 ta aeroporti reytingiga O‘zbekistonning birorta aeroporti kira olmadi. Bu reytingda Singapurning «Changi» aeroporti g‘alaba qozondi. Qatar poytaxti Doha shahridagi «Hamad» aeroporti ikkinchi, Yaponiya poytaxti Tokio shahridagi «Haneda» aeroporti uchinchi bo‘ldi.
World Airport Awards global aeroport sanoatidagi eng nufuzli mukofotdir. U sifat uchun etalon hisoblanadi va butun dunyo bo‘ylab 550 dan ortiq aeroportlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish va qulaylik darajasini baholaydi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
23:09 / 23.05.2025