O‘zbekiston | 15:01 / 31.03.2023
15290
4 daqiqa o‘qiladi

Kechiktirib bo‘lmas rejalar. Xorazmda yaqin kelajakda qanday o‘zgarishlar kutilyapti?

“Damas” va “Labo” ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga garovsiz kreditlar ajratish, maktab, kasalxona, yo‘l, ichimlik suvi holatini yaxshilash - Kun.uz muxbiri Prezidentning Xorazm viloyatiga tashrifi tafsilotlarini ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Xorazm viloyati hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi va faollar ishtirokidagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Viloyat hokimi nomzodini o‘z lavozimiga tasdiqlash barobarida davlat rahbari Xorazm viloyati uchun kechiktirib bo‘lmas rejalarni bajarish yuzasidan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berdi.

Ijtimoiy sohalar bo‘yicha

Mahallada yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida 60 milliard so‘m evaziga:

  • maktablarda sanitariya holati yaxshilanadi;
  • “2 ta til va 1 ta kasbga o‘rgatish” xonalari tashkil qilinadi;
  • 12 ta tumanda “Ay-Ti park” ochiladi.

Bundan tashqari, 1 avgustga qadar 25 ta og‘ir maktab parta bilan, 100 ta maktabda kompyuter sinflari bilan ta’minlanadi.

Bir oy muddatda 9 ta tibbiyot muassasasi zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, viloyat hamda Yangibozor va Bog‘ot perinatal markazlariga 3 ta reanimobil yetkazib beriladi.

Yil yakunigacha avariya holatidagi 14 ta ko‘prik ta’mirlanadi, viloyatdagi mahalliy yo‘llarni to‘liq ta’mirlashga Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki mablag‘lari asosida 90 million dollar yo‘naltiriladi.

2023 yilda:

  • Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 41 million dollar mablag‘lari Pitnak, Urganch va Xiva shaharlarida ichimlik va oqova suvini yaxshilash loyihasini boshlashga yo‘naltiriladi;
  • Tuproqqal’a, Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa va Yangiariqni uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun “Kaparass” nasos stansiyasidagi ishlar yakunlanadi.

Shuningdek, sharoiti og‘ir 6 ming 792 ta oila uy-joyini yaxshilash hamda ichki yo‘llar, elektr va ichimlik suvi tarmog‘ini ta’mirlashga 280 milliard so‘m, yangi qurilayotgan “Al-Xorazmiy” uy-joy massivining infratuzilmasiga 100 milliard so‘m, Yangiariq va Yangibozordagi ichimlik suvi og‘ir 5 ta mahallaga hamda 14 ta maktabga olib boradigan piyoda yo‘llarini ta’mirlashga 20 milliard so‘m, Gurlan, Yangibozor, Urganch, Xonqa, Bog‘ot va Hazorasp tumanlaridagi 49 ta qishloqda maktab, bog‘cha, yo‘l va ichimlik suvi muammolarini hal qilishga 85 million dollar yo‘naltiriladi.

Umuman olganda, Xorazmda ijtimoiy muammolarni hal qilishga 2023 yilda qo‘shimcha 400 milliard so‘m (2023 yil davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha), oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yana 150 milliard so‘m ajratiladi (bu yil rejasi 940 milliard so‘m).

Tadbirkorlik yo‘nalishida 1 iyulgacha:

  • oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun berilgan 940 milliard so‘mga qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
  • Xiva shahridagi Xizmat ko‘rsatish texnikumi hamda Shovotdagi Qurilish kasb-hunar kolleji binosida mono-markaz tashkil etilib, bunga 15 milliard so‘m ajratiladi;
  • tadbirkorlik rivojlangan 94 ta mahallada mikro-markazlar tashkil qilib, u yerdagi loyihalarga yana 50 milliard so‘m imtiyozli kredit beriladi;
  • 1 apreldan boshlab hokim yordamchilarini undirgan kreditiga qarab rag‘batlantirish bo‘yicha Xorazm tajribasi yo‘lga qo‘yiladi.

Sanoat tarmoqlarida yil yakuniga qadar:

  • 14 ta yirik sanoat loyihalari infratuzilmasi uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
  • Urganch shahri va Urganch tumanida elektrotexnika va farmatsevtika sanoat parklari tashkil qilinadi;
  • 20 million dollar investitsiya evaziga “Damas” va “Labo” avtomashinalari ishlab chiqarish hajmini 1,5 baravar oshirish va bu orqali kamida 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi;
  • Yangiariqda tumanni 5-toifadan 3-toifaga o‘tkazish uchun kichik sanoat loyihasini amalga oshirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga 100 million so‘mgacha garovsiz kredit olishga ruxsat beriladi (hozir – 33 million so‘m).

Mavzuga oid