Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda duatlon chempionati o‘tkazilishi sababli qator ko‘chalarda harakat cheklanadi
Joriy yilning 1 aprel kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida yosh yigit-qizlar va havaskorlar o‘rtasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shu sababli qator ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

Soat 07:00 dan 08:00 gacha:
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida qisman;
08:00 dan 12:00 gacha:
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida har ikki yo‘nalishda to‘liq;
08:00 dan 12:00 gacha:
Jasorat tor ko‘chasining Jasorat ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.
Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025