Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada «Mening birinchi uyim» dasturi doirasida 58 ta ko‘p qavatli uy-joy quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Yangi O‘zbekiston massivlarida uy-joy qurilishi va 2023 yil uchun ipoteka dasturini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
Prezident tashabbusi bilan Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” dasturi boshlanadi.
Shu maqsadda Qurilish vazirligi huzurida maxsus uy-joy kompaniyasi tashkil etiladi. Unga Zangiota tumanidan 36 gektar yer maydoni ajratilib, ushbu hududni kompleks rivojlantirish loyihasi ishlab chiqiladi.
Ushbu hududda 2,5 ming oilaga mo‘ljallangan, barcha standartlarga javob beruvchi qulay va energiya tejamkor 58 ta ko‘p qavatli uy-joy barpo etiladi.
Ushbu uylardagi 2 va 3 xonali xonadonlar uchun oylik to‘lov miqdori amaldagi subsidiyali ipoteka to‘lovlaridan arzon bo‘ladi.
Qurilish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligiga bir hafta muddatda “Mening birinchi uyim” shaharchasining master rejasini yakunlash, loyihani ekspertlar va jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish topshirildi.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025