Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya - «Shimoliy oqim»dagi portlashlar haqida: Aybdorlarni topish qiyin bo‘ladi
«Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlaridagi portlashlar bo‘yicha tergov davom etmoqda, ammo qiyin jarayonda, dedi dastlabki tergov rahbari Mats Yungkvist.
«Shimoliy oqim» va «Shimoliy oqim-2» gaz quvurlaridagi portlashlar bo‘yicha tergov davom etmoqda, biroq jarayon qiyinlashdi. Bu haqda 6 aprel, payshanba kuni dastlabki tergovga rahbarlik qilayotgan prokuror Mats Yungkvist ma’lum qildi. «Gap tabiiy sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan holatlarni o‘rganish qiyin bo‘lgan jinoyat haqida ketmoqda. Portlashlar Boltiq dengizi tubida 80 metr chuqurlikda sodir bo‘lgan», — dedi u.
Diversiya holati yuzasidan dastlabki tergov Shvetsiya prokuraturasi milliy xavfsizlik boshqarmasi prokurori nazorati ostida Shvetsiya jamoat xavfsizligi xizmati (SÄPO) tomonidan olib borilmoqda.
«Gaz quvurlaridagi diversiya atrofida turli xil ma’lumotlar va xabarlar mavjud. Bu hodisa, shubhasiz, ta’sir o‘tkazish uchun turli urinishlarga platforma bo‘ldi», dedi Mats Yungkvist. «Ushbu taxminlar dastlabki tergovga ta’sir qilmaydi, u tahlillar, voqea joyini tekshirish, Shvetsiya va boshqa mamlakatlar hukumati bilan hamkorlikda olingan faktlar va ma’lumotlarga tayanadi», - deya qo‘shimcha qildi u.
Tergov «jiddiy diversiya» sodir bo‘lganini aniqladi, jinoyat joyida olib qo‘yilgan ashyolarning tahlili bir nechta begona narsalarda portlovchi modda izlari borligini ko‘rsatdi. Gap «egalari Shvetsiya bilan bog‘liq bo‘lmagan infratuzilmaga qaratilgan xalqaro suvlardagi jiddiy diversiya» haqida ketmoqda, dedi Yungkvist. Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov birinchi navbatda «Shvetsiya manfaatlari yoki xavfsizligi tahdid ostida qolganmi, Shvetsiya hududidan qo‘poruvchilik uchun foydalanilganmi» degan savolga javob topishga qaratilgan. Barcha olingan materiallar diqqat bilan o‘rganiladi va tahlil qilinadi.
«Hozir biz bir qator aniq tergov tadbirlarini o‘tkazmoqdamiz. Hech qanday istisnosiz ishlayapmiz, hech narsani tasodifga qoldirmaymiz», - dedi Mats Yungkvist. «Umid qilamizki, ushbu jinoyatni kim sodir etganini aniqlay olamiz, ammo shuni aytish mumkinki, vaziyatni hisobga olgan holda bu qiyin bo‘lishi mumkin», dedi u.
Keyinchalik Yungkvist Reuters agentligiga aniqlik kiritishicha, «asosiy aniq ssenariy» qo‘poruvchilik ortida davlat homiyligidagi guruh turganiga bog‘liqdir. Mustaqil guruh ishlagan ssenariy ham «nazariy jihatdan bo‘lishi mumkin», deya qo‘shimcha qildi u. Portlashda qo‘llangan portlovchi moddaning turi «ehtimoliy» gumonlanuvchilarni istisno qildi, dedi agentlik suhbatdoshi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025