Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi boks bo‘yicha jahon chempionatida 104 davlat sportchilari qatnashadi
Turnir mukofot jamg‘armasi 5,2 mln dollarga teng.
O‘zbekistonda boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun 104 davlat vakillari ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) xabar berdi.
13 ta vazn toifasida jami 640 nafar sportchi ishtirok etish uchun ariza topshirgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish 14 aprelga qadar uzaytirildi.
Turnirning sovrin jamg‘armasi ikki barobarga ko‘payadi - 5,2 million AQSh dollari. G‘oliblarning har biri 200 ming dollar, kumush medal sohiblari 100 ming va bronza medali sohiblari 50 ming dollar oladi.
Jahon chempionatining tantanali ochilish marosimi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi, final bahslari 14 mayga belgilangan.
Musobaqada rossiyalik va belaruslik bokschilar o‘z bayrog‘i va madhiyasi bilan ishtirok etadi. Shu tufayli, bir qator mamlakatlar federatsiyalari jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025