Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘rov: Uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lganlarning 74,5 foizi dastlabki badalni to‘lashda qiyinchilikka duch kelyapti
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari tomonidan aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji hamda xarid qilish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.
So‘rov joriy yilning fevral oyida o‘tkazilib, unda 1 620 kishi ishtirok etdi. So‘rovnoma 4 ta asosiy va 5 ta anketa savollaridan tarkib topgan.
Respondentlarning 83 foizi uy-joy sotib olishga ehtiyoji borligini ta’kidlagan. Shuningdek, turar joyga ehtiyoji bo‘lgan aholining 96 foizi bu borada ko‘makka muhtoj bo‘lib, ularning 71 foizi shahar va 29 foizi qishloq hududlarida yashaydi.
So‘rov Toshkent shahri aholisi orasida jiddiy qiziqish uyg‘otib, ishtirokchilarning 41 foizi poytaxtda istiqomat qilishini bildirgan. Mazkur ishtirokchilarning 48 foizi ijarada turishini ta’kidlab, ularning 68 foizini davlat tashkiloti xodimlari tashkil etadi.
Uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarning 74,5 foizi dastlabki badal va kredit foizlarini to‘lashda qiyinchilikka duch kelishini ta’kidlagan.
Rasmiy daromadga ega bo‘lmagan aholining 25 foizi kreditning oylik to‘lovini to‘lashga qiynalishini ta’kidlagan bo‘lsa, qolgan ishtirokchilar bo‘yicha bu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil etadi. Rasmiy daromad olmaydigan fuqarolar kelajakdagi daromad manbalari noaniqligi tufayli oylik to‘lovlarda qiyinchilikka uchrashdan xavotirlanadi.
Qishloq hududlarida asosan hovli-joylarga ehtiyoj yuqori bo‘ladi. So‘rovda qatnashgan qishloq joylarida yashovchilarning 61,4 foizi yashash joyida oila a’zolari soni ko‘pligi hamda yashash maydonining kichikligi sababli uy-joyga ehtiyoji borligini bildirgan.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025