Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya NATO yadroviy rejalashtirish guruhi ishida ishtirok etadi
Ammo mamlakat o‘z hududida yadro qurollarini joylashtirishga ruxsat bermaydi.
Finlandiya NATO yangi a’zosi sifatida alyansning yadroviy rejalashtirishi va qo‘llab-quvvatlash operatsiyalarida ishtirok etadi, garchi u o‘z hududida yadro qurolini joylashtirishga ruxsat bermaslikka qaror qilgan bo‘lsa ham. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligiga tayanib Reuters xabar berdi.
Finlandiya qo‘shni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban 4 aprel kuni NATO tashkilotining 31-a’zosiga aylangan edi. Shundan so‘ng, Finlandiya hukumati o‘z hududida yadro qurolini joylashtirishga ruxsat bermasligiga qaror qildi, ammo boshqa cheklovlar qo‘ymadi.
Amalda Finlandiya alyansning yadro rejalashtirish guruhida ishtirok etadi, o‘z hududidan tashqarida yadroviy operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Mudofaa siyosati bosh direktori Yanne Kuusela.
«Yadro qurollari NATO tomonidan barpo etilgan tiyib turish tizimi va mudofaada juda muhim rol o‘ynaydi. Biz ham ularning himoyasidan foydalanamiz. Shuning uchun Finlandiya har xil jarayonlarda ishtirok etishi va yopiq holda qolmagani ma’qul», dedi Kuusela.
NATO a’zolari orasida faqat Fransiya yadroviy rejalashtirish guruhida ishtirok etishdan bosh tortgan va o‘z yadro quroli to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilish huquqini saqlab qolgan.
«Bunday faoliyat yadroviy qurolga ega davlatlar tomonidan amalga oshiriladi», dedi Kuusela NATO yadroviy rejalashtirish guruhini boshqaradigan AQSh va Britaniyani nazarda tutib.
Mavzuga oid
22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi
15:21 / 20.05.2025
Finlyandiya Rossiya aktivlaridan daromad hisobiga Kiyevga qurol yetkazib beradi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025