Urush davridagi ikkinchi Pasxa va o‘qqa tutilgan cherkov. Urush suratlari
Ukrainada urushning 417-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov ispan nashriga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlari «Turkiyadagi zilzila qurbonlari sonidan kamroq ekani» haqida aytdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 50 ming kishidan oshiq. Keyinroq vazir bu solishtirish uchun Ukraina va Turkiya xalqidan uzr so‘radi.
- O‘z fermerlarini himoyalash uchun Polsha ortidan Vengriya ham Ukraina qishloq xo‘jalik mahsulotlari importini to‘xtatdi. Yevrokomissiya bu qarorni qoralagan.
- Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak «pasxa almashuvi» doirasida 130 kishi Rossiya asirligidan qaytarilgani haqida xabar berdi.
- Slovyanskda 14 aprel kuni Rossiya raketa zarbalaridan vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uylarda qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi. Zarba oqibatida halok bo‘lganlar soni 15 kishini tashkil etdi, 24 kishi yaralangan.
Kun kadri. Zaporijjya oblastida Pasxa bayrami vaqtida o‘qqa tutilgan cherkov
Pasxa kechasi rossiyalik harbiylar Kamishevaxa posyolkasidagi cherkovni o‘qqa tutdi. Ukraina nashrlari xabar berishicha, cherkovdan «faqat kichik gumbaz va ikona qolgan»; o‘qqa tutish oqibatida jabrlanganlar yo‘q. 16 aprel tongida Kamishevaxa aholisi cherkov hududini tozaladi.
Ukrainada Pasxa bayrami
Baxmut uchun jang
Donetsk oblastining Baxmut shahri Ukrainadagi urushning qaynoq nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligining so‘nggi xabarlariga ko‘ra, «Vagner» XHK yollanma jangchilari va Rossiya muntazam armiyasi harbiylari o‘zaro hamkorlikni yaxshilagan va shahar uchun qaytadan yurish boshlagan. Shaharning g‘arbiy rayonlari hamon Ukraina QK nazoratida qolmoqda. Britaniya razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, XHK shturmchilari asosiy yurishni shahar markazi orqali amalga oshirmoqda, RF armiyasining havo-desant qo‘shinlari esa amaliyotning shimoliy va janubiy qanotlariga mas’ul. Quyida Baxmut uchun jangning Ukraina tomonida turib olingan kadrlari.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024