Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 60 yashar bemor plastik operatsiyadan keyin vafot etdi. Uning o‘limiga anafilaktik shok sabab bo‘lgani aytilmoqda
Operatsiya tibbiy litsenziyasi va ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxs tomonidan qilingani aytilmoqda.
Qozog‘iston sharqida 1962 yilda tug‘ilgan ayol blefaroplastika operatsiyasidan so‘ng vafot etgan.
Jarrohlik amaliyoti vaqtida ayolning ahvoli yomonlashgan va zudlik bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, uning o‘limiga anafilaktik shok sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mahalliy OAV jarrohlik operatsiyasi go‘zallik salonida amalga oshirilgani, operatsiya tibbiy litsenziyasi va ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxs tomonidan qilingani haqida xabar bergan.
Blefaroplastika operatsiyasi ko‘z va qovoqlarning shaklini jarrohlik yo‘li bilan o‘zgartirishni anglatadi. Ushbu turdagi amaliyot ortiqcha teri va yog‘li shakllanishlarni olib tashlashni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 mart kuni Mittivine yumoristik loyihasi asoschisi, taniqli bloger Farhod Mannopov rinoplastika operatsiyasidan so‘ng vafot etgandi. Tekshiruvdan so‘ng 27 yashar vaynerni operatsiya qilgan jarroh, tibbiy xizmat ko‘rsatgan anesteziolog va reanimatolog, laborant shifokor hamda ultratovush tekshiruvlari shifokorida malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlangandi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025