O‘zbekiston | 14:05 / 24.04.2023
14701
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 16 yoshli qiz o‘zini uchinchi qavatdan pastga tashladi

Foto: Videodan kadr

Toshkentda ijarada yashovchi 16 yoshli qiz o‘zini ko‘p qavatli uyning yuqori qavatidan pastga tashladi.

Millar ko‘rsatuvida xabar qilinishicha, u og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Tekshiruv davomida qizga miya chayqalishi, qorinning yopiq jarohati va o‘ng oyoq sinishi tashxisi qo‘yilgan. Hozir u o‘pkaga havo berish qurilmasiga ulangan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16 yoshli qiz viloyatlardan biridan poytaxtga kelgan va o‘zaro janjal oqibatida uchinchi qavatdan sakragan. 

Avvalroq Toshkentda qurilishda ishlayotgan erkak o‘zini uchinchi qavatdan pastga tashlagani haqida xabar berilgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid