Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudanda qizamiq va vabo qo‘zg‘atuvchilari bo‘lgan laboratoriya egallab olindi
JSST «biologik xavfning yuqori darajasi» haqida bayonot berdi.
Muntazam armiya va RSF harbiy guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etayotgan Sudan poytaxti Xartum shahrida qizamiq va vabo qo‘zg‘atuvchilari hamda boshqa xavfli materiallar saqlanadigan laboratoriya egallab olindi. Bu haqda JSST ma’lumotlariga tayanib Reuters xabar berdi.
Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, hodisa «biologik xavfning yuqori darajasi»ni keltirib chiqaradi, chunki xodimlar xavfli biologik materiallar va moddalarning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlash uchun laboratoriyaga kira olmayapti.
JSST vakili to‘qnashuvning qaysi tomoni ilmiy muassasani egallab olganiga aniqlik kiritmadi.
15 aprel kuni Sudanda navbatdagi harbiy to‘ntarishga urinish boshlandi. RSF (Tezkor harbiy kuchlar) harbiylarni hokimiyatni egallashga urinishda aybladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda allaqachon kamida 459 kishi o‘lgan, 4 mingdan ortig‘i jarohatlangan.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
14:05 / 16.04.2025
Sudan: RSF muqobil hukumat tashkil etilishini e’lon qildi
08:49 / 03.04.2025