Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda kvadrosiklda harakatlangan 2 kishi jarlikka tushib ketdi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida jarlikka tushib ketgan ikki fuqaro qutqarildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kecha, 25 aprel kuni soat 17:02 da Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga Bo‘stonliq tumani Chimyon tog‘idagi Qiziljar hududida ikki nafar fuqaro kvadrosiklda harakatlanib ketayotgan vaqtida o‘z ehtiyotsizligi natijasida boshqaruvni yo‘qotib, jarlikka tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borib, tan jarohati olgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatgan va ular tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Hozirda ularning holati yaxshi ekani va shifokorlar nazoratidaligi aytiladi.
Mavzuga oid
17:08 / 06.12.2024
Prezident Bo‘stonliqda turistik majmua qurilishi va GES faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 06.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliqda bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
18:10 / 04.11.2024
Bo‘stonliqda tog‘ echkisini ovlagan brakoner ushlandi
18:27 / 09.09.2024