Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyadan 300 ming tonna neft sotib oladi
O‘zbekiston Energetika vazirligi 2023 yilda Rossiyadan 300 ming tonna neft import qilish bo‘yicha “Gazpromneft” bilan kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston “Gazpromneft” bilan 2023 yilda 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Adhamjon Ubaydullayev ma’lum qildi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Ubaydullayev bu haqda 25 aprel kuni, O‘zbekiston, Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlarining 300 dan ortiq kompaniyalari ishtirokida o‘tgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” uch kunlik ko‘rgazmasi vaqtida aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabrda O‘zbekiston Qozog‘iston bilan 300 ming tonna qozoq neft mahsulotlarini yetkazib berish va Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga 300 ming tonna rus nefti tranziti masalasida kelishib olgandi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston, shuningdek, gaz omborlarini modernizatsiya qilish va qurish hamda O‘zbekistonga energiya yetkazish uchun Qozog‘istonda ko‘mirda ishlovchi IES qurish bo‘yicha ham kelishuvga erishgan.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025