Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI kengashi Moldovadagi beqarorlik uchun sanksiyalar rejimini tasdiqladi
Moldovani beqarorlashtirishga urinishlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri tez-tez uchrayapti, deya ma’lum qildi Bryussel. Beqarorlashtiruvchi harakatlarga yangi javob aktivlarni muzlatish va Yevropa Ittifoqiga kirishni taqiqlashni anglatadi.
Yevropa Ittifoqi kengashi 28 aprel, juma kuni Moldovani beqarorlashtirish harakatlari uchun yangi sanksiyalar rejimini ma’qulladi. U Moldova suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazuvchi harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash imkonini beradi. Bryussel bunday xatti-harakatlarga misol sifatida demokratik siyosiy jarayonga, jumladan, saylovlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilishga yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga urinishlarni, shu jumladan zo‘ravonliklarni keltirdi.
Sanksiyalar aktivlarni muzlatishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, jazo choralariga tushib qolganlarning Yevropa Ittifoqiga kirishi taqiqlanadi.
Moldovani beqarorlashtirishga urinishlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri sezilarli darajada tezlashdi va Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarida barqarorlik va xavfsizlikka bevosita tahdid solmoqda, deyiladi Yevropa Ittifoqi kengashida. Yangi sanksiyalar rejimi Bryusseldan Kishinyovni qo‘llab-quvvatlashning muhim siyosiy signalidir, dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025