Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aprel oyida ulgurji iste’molchilar 30 mln kub metr tabiiy gazni talon-toroj qildi
Qonunbuzarliklar AGTKSh, issiqxonalar, ishlab chiqarish korxonalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida aniqlangan.
Aprel oyida 262 ta holatda ulgurji iste’molchilar tomonidan 29,7 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste’molchilar toifasi bo‘yicha tahlil qilinganida:

- Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida 4 ta holatda 0,5 mlrd so‘m;
- issiqxonalarda 3 ta holatda 0,8 mlrd so‘m;
- ishlab chiqarish korxonalarida (asfalt, ohak, gips, chinni mahsulotlari, non mahsulotlari) 43 ta holatda 10,8 mlrd so‘m;
- umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 45 ta holatda 0,4 mlrd so‘m;
- boshqa ulgurji iste’molchilar tomonidan 167 ta holatda 16,4 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
09:40 / 16.05.2025
Farg‘onada budjetdan ajratilgan subsidiya talon-toroj qilingani aniqlandi
15:44 / 14.05.2025
Baliqchida mas’ullar budjet mablag‘larini soxta hujjatlar bilan o‘zlashtirgani aniqlandi
09:14 / 05.04.2025