Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda hamqishloqlarning janjali o‘lim bilan yakun topdi
Ikki hamqishloqning janjaliga avvalroq do‘konda spirtli ichimliklar borasida gap talashib qolgani sabab bo‘lgan.
Videodan kadr
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida hamqishlog‘ining oldiga borib mushtlashgan erkak halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, G‘allaorol tumani “Mulkush” MFYda yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro hamqishlog‘i bilan orani ochiq qilish maqsadida uning fermer xo‘jaligi dalasiga borgan.
Shu yerda ular mushtlashgan. Oqibatda orani ochiq qilish uchun borgan fuqaro tan jarohatlari olib, hushini yo‘qotgan. Shundan so‘ng fermer uni daladan uyiga olib borgan va xotiniga topshirgan. Ko‘p o‘tmay u vafot etgan
O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasi fuqaroning o‘limiga bosh miya to‘qimalariga qon quyilishi, chap tomon ikkinchi, o‘n birinchi, o‘ng tomon oltinchi hamda o‘n birinchi qovurg‘alar, chap buyrak va taloq yorilishi sabab bo‘lganini ko‘rsatgan.
Fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan fermer tegishli tartibda hibsga olingan.
Surishtiruvlarda aniqlanishicha, ikki hamqishloqning janjaliga 2023 yil 15 aprel kuni do‘konda spirtli ichimliklar borasida gap talashib qolgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:51 / 02.04.2025
Chirchiqda janjal oqibatida bir kishi vafot etdi
09:52 / 07.02.2025
Toshkentda janjal vaqtida haydovchi Gentra’ni odamlar ustiga haydadi
22:29 / 17.01.2025
Jizzaxda kafeda sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berildi
11:30 / 01.11.2024