Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
Koson tumanida sodir bo‘lgan yong‘inda xonadon bekasi kuyish tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan.
Qashqadaryo FVB matbuot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 2023 yil 10 may kuni tongda sodir bo‘lgan.
Soat 03:59 larda FVB qutqaruv xizmatiga Koson tumani Yuqori Arabxona mahallasidagi xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi soat 04:30 larda to‘liq bartaraf etgan.
Yong‘in oqibatlarini bartaraf etish jarayonida xonadon sohibining xotini kuyish tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur vaziyat yuzasidan tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025