Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Janubiy Afrikani Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi
Janubiy Afrika prezidenti ayblovlarga keyinroq javob berishini aytdi.
Qo‘shma Shtatlarning Janubiy Afrikadagi elchisi Ruben Brijyeti mahalliy hukumatni Ukrainaga qarshi urushda betaraflik e’lon qilganiga qaramay, Rossiyaga qurol va o‘q-dori yetkazib berishda aybladi.
Bu haqda elchi 11 may kuni Pretoriya shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Janubiy Afrikani Rossiyaga qurol yetkazib berishda ishtirok etganiga ishonch hosil qilish uchun yetarli asoslarga ega. Garchi bu davlat Rossiya-Ukraina mojarosida betarafligini oshkora e’lon qilgan bo‘lsa ham.
«Biz payqagan narsalar qatorida Rossiyaning Lady R yuk kemasi ham bor. U 2022 yil 6-8 dekabr kunlari Saymonstaun shahri portida bo‘lgan. Rossiyaga qaytgach esa qurol va o‘q-dorilarni tushirgan», dedi elchi.
Saymonstaun shahrida Janubiy Afrika dengiz kuchlarining bazasi joylashgan. Ushbu kemaning 2022 yil 6-8 dekabr kunlari bazaga kirishi mamlakatda ham bee’tibor qolmagan edi. Chunki kemaning G‘arb sanksiyalari ostida ekani ma’lum.
Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramaposa mamlakat parlamenti yig‘ilishida elchining bayonotlariga keyinroq javob berishini aytdi.
«Bu masala o‘rganilmoqda, vaqt o‘tishi bilan bu haqda gaplashishimiz mumkin bo‘ladi», deb javob berdi u muxolifat vakilining savoliga.
AQSh razvedkasining qurol-yarog‘ yetkazish bo‘yicha ma’lumotlarini qanchalik to‘g‘ri deb hisoblash mumkinligi haqidagi savolga Brijyeti o‘z hayoti bilan qasam ichishga tayyorligini aytdi. AQSh Davlat departamenti bu da’volarga hali hech narsa qo‘shimcha qilmadi.
Shuningdek, elchi matbuot anjumanida amerikaliklar Janubiy Afrika hukumatiga Ukraina bosqinining 1 yilligi munosabati bilan Rossiya va Xitoy qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etishi yuzasidan o‘z xavotirlarini bildirganini aytdi.
Harbiy-dengiz mashqlari fevral oyida o‘tkazilgan edi. Janubiy Afrika muxolifati vakillari uni tanqid qilib, Rossiya bosqinini ma’qullash sifatida e’tirof etishdi.
Avvalroq Janubiy Afrika BMT assambleyasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi qoralagan rezolyutsiyaga ovoz berishda betaraf qoldi. Shuningdek, Janubiy Afrika G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilishdan bosh tortdi.
May oyi boshida Janubiy Afrikaning yetakchi gazetasi Sunday Times mahalliy hukumat Kremlni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning avgust oyida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga tashrif buyurish g‘oyasidan voz kechishga ko‘ndirishga urinayotganini da’vo qildi. Bunga Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan Putinni hibsga olish haqidagi order sabab bo‘ldi. XJS qarorlarining bajarilishi Rim statutini imzolagan mamlakatlar, shu jumladan Janubiy Afrika uchun majburiydir.
Hozir Pretoriya Moskva bilan muzokaralar olib bormoqda va Putinga videoaloqa orqali BRIKS sammitida ishtirok etishni taklif qilmoqda.
Ramaposa mamlakat vitse-prezidenti boshchiligida maxsus qo‘mita tuzgan, u Putinni hibsga olish uchun order berilishi munosabati bilan hokimiyat harakatlari variantlarini o‘rganishi kerak. Hozircha bu qo‘mita «Putinning tashrif buyurishiga imkon beradigan hech qanday variantni» topa olmagan.
Aprel oyida Ramaposa administratsiyasi mamlakat Rim statutidan chiqishni rejalashtirmayotgani haqida bayonot bergan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:00 / 28.05.2025