Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi lentani taqib yurgan yigitni qo‘lga olgan IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Avvalroq bayroq ranglaridagi lentani taqib yurgan yigitga qarshi ochilgan ish Bosh prokuratura tomonidan noqonuniy deb topilgandi.
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida O‘zbekiston bayrog‘i rangidagi lentani taqib yurgan yigitni qo‘lga olgan IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i rangidagi tasmani taqib yurgan yigit bilan bog‘liq holat yuzasidan ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha Qamashi tumani prokuraturasi tomonidan taqdimnoma kiritilgan.
Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, qonunga zid bo‘lgan ma’muriy qaror sud majlisida ko‘rib chiqilgunga qadar bekor qilingan», deyiladi xabarda.
Avvalroq, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov adolat qaror topgani, biroq qonun ustuvorligi to‘liq va teng ta’minlanishi kerakligini ta’kidlagandi.
«Adolat qaror topdi. Biroq fuqaroga noqonuniy talab qo‘ygan, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan va javobgarlikka tortish uchun sudga yuborgan IIB xodimlari hamda noqonuniy qaror qabul qilgan sudning harakatlariga qanday baho berilgani masalasi mavhumligicha qolmoqda. Boshqacha aytganda, adolat qaror topdi, biroq qonun ustuvorligi to‘laqonli ta’minlandimi degan savol ochiq qolmoqda», deb yozgandi u.
Ma’lumot uchun ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Chim dehqon bozorida yelkasiga davlat bayrog‘i rangidagi tasma taqib olgan yigit IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar tarqaldi va bu jamoatchilikning haqli e’tirozlariga sabab bo‘ldi.
2023 yil 5 may kuni Qashqadaryo viloyati IIB fuqaro R.I. ushbu tasmani yechib qo‘yish bo‘yicha profilaktika inspektorlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmagani, holat yuzasidan fuqaroga MJtKning tegishli moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilgani hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborilgani haqida ma’lum qildi.
Keyinroq esa ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qabul qilingan noqonuniy qaror Bosh prokuratura aralashuvi bilan bekor qilindi, bayroq rangidagi tasma taqqan yigitning noqonuniy jazolanishi bartaraf etildi.
Mavzuga oid
09:12 / 02.02.2025
Qashqadaryoda oilani yarashtirishga borgan profilaktika inspektori pichoqlandi
23:04 / 13.09.2024
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi
13:15 / 26.06.2024
Qashqadaryoda YTH sodir etib odam o‘limiga sabab bo‘lgan Lacetti qochib ketdi
15:27 / 13.02.2024