Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnomani bekor qilyapti
Harbiy texnika miqdori bo‘yicha kvota joriy etish to‘g‘risidagi bitim 1990 yilda imzolangan. Rossiya 2007 yilda undagi ishtirokini to‘xtatdi. Endi Rossiya parlamenti uni denonsatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 10 may, chorshanba kuni e’lon qilingan buyrug‘iga asosan, Yevropada oddiy qurolli kuchlar to‘g‘risidagi shartnoma (YeOQKSh) denonsatsiya qilinmoqda. Ushbu buyruqqa ko‘ra, davlat rahbari Federal majlis palatalari shartnomani denonsatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqayotganda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovni o‘zining rasmiy vakili etib tayinlaydi.
YeOQKSh shartnomasi 1990 yil 19 noyabrda Parijda NATOning 16 ta davlati (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, AQSh, Turkiya va Fransiya) va Varshava shartnomasi tashkilotining 6 ta davlati (Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, SSSR va Chexoslovakiya) tomonidan imzolangan hamda 1992 yil 9 noyabrda kuchga kirgan. Shartnoma imzolagan davlatlar ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan harbiy texnika, jumladan, tanklar, artilleriya, vertolyotlar va samolyotlar miqdori uchun kvotalarni belgilab berdi.
1999 yilda YeOQKSh shartnomasini yangi siyosiy voqelikka moslashtirishga qaror qilindi, ammo Shimoliy Atlantika ittifoqi mamlakatlari moslashtirilgan shartnomani ratifikatsiya qilmay, Rossiyaga Gurjiston va Dnestrbo‘yidan qo‘shinlarini olib chiqish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish talabini qo‘ydi, Boltiqbo‘yi davlatlari (Latviya, Litva, Estoniya) va bir qator Bolqon davlatlari (Sloveniya, Albaniya va Xorvatiya) unga qo‘shilishdan bosh tortdi.
Rossiya 2007 yilda NATO davlatlaridan shartnomani ratifikatsiya qilishni talab qilib, undagi ishtirokini to‘xtatgan edi. 2015 yilda Rossiya YeOQKSh bo‘yicha Qo‘shma maslahat guruhi yig‘ilishlarida ishtirok etishni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025