O‘zbekiston | 21:16 / 12.05.2023
8163
1 daqiqa o‘qiladi

13 may kuni Chirchiqdan G‘azalkentgacha bo‘lgan yo‘l vaqtincha yopiladi

13 may kuni Toshkent viloyatida velosportning shosse turi bo‘yicha "Oqtosh-Chorbog‘ Mountain" xalqaro musobaqasi o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi yo‘lning ma’lum qismlari avtomobillar uchun yopiladi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Xabarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi 4P12 "Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni" avtomobil yo‘lining 34 kilometridan (Chirchiq shahriga kirish ko‘prigi) 54-kilometri (G‘azalkent shahriga kirish)gacha bo‘lgan qismlari 13 may kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha vaqtincha yopiladi.

Bo‘stonliq tumaniga boruvchilarga Chirchiq shahri va 4P14 "G‘azalkent sh.-To‘ytepa sh." avtomobil yo‘li (Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on qishloqlari) orqali yurish tavsiya etildi.

Avvalroq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlarida xalqaro musobaqalar sabab 10-14 may kunlari qator yo‘llar vaqtincha yopilishi haqida xabar berilgandi.

Дилшода Шомирзаева
Tayyorlagan Дилшода Шомирзаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid