O‘zbekistonlik talabalar Jazoirda arab tilini o‘rganishni boshladi
Saudiya Arabistonining Alharir.info elektron gazetasi O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni hamkorligining natijalariga bag‘ishlangan xabar va maqolalar chop etishda davom etmoqda, deb xabar berdi ta’sischisi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bo‘lgan «Dunyo» axborot agentligi.
Bu safar saudiyalik gazetxonlar e’tiboriga ta’lim sohasidagi hamkorlikka doir ma’lumot havola etilgan. «Uch nafar o‘zbekistonlik talaba Jazoirda arab tilini o‘rganmoqda» sarlavhasi ostidagi maqolada joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) delegatsiyasi Jazoirga tashrif buyurgani to‘g‘risida xabar qilinadi.
Ta’kidlanishicha, tashrif davomida Jazoirning 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Uch nafar o‘zbekistonlik talaba Jazoirdagi Al-Vad universitetida arab tilini o‘rganishni boshladi. Saudiya axborot manbasiga ko‘ra, ular Al-Vad provinsiyasidagi shahida Xama Laxdara universitetiga joriy yilning 1 may kuni kelishgan.
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab O‘zDJTUdan yana 20 nafar o‘zbekistonlik talaba Al-Vad universitetining Arab tili kafedrasida amaliyot o‘taydi, deb yozadi Alharir.info nashri.
Mavzuga oid

11:30 / 16.04.2025
Parij 12 nafar jazoirlik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti

14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti

14:11 / 10.11.2023
Kolumbiya Jazoirni Haaga sudida Isroilga qarshi ish ochish rejasida qo‘llab-quvvatladi

22:13 / 15.09.2023