Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Shvetsiya «Markaziy Osiyo – Shimoliy kengash» formatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
TIVda Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shaxavdinov va Shvetsiya elchisi (qarorgohi Stokholm shahrida) Tomas Danestad o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, siyosiy, sarmoyaviy va savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Shvetsiya hamkorligini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ta’lim va turizm sohasidagi aloqalarni kengaytirish istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
«Markaziy Osiyo – Shimoliy kengash» formatida mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik bildirildi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025