“Hech qanday zo‘ravonlik jazosiz qolmasligi kerak” - Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi shu’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Toshkentning Yangihayot tumanida 12 yoshli qizchani vahshiylarcha o‘ldirgan xavfli retsidivist jinoyatchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganiga munosabat bildirdi.
“Ha, bu jazo qizaloqning ota-onasi tortayotgan azoblarni yumshatmaydi, yo‘qotishlar o‘rnini qoplay olmaydi. Ammo bu – jamoatchilik nazorati ostida qabul qilingan adolatli sud qaroridir. Hech qanday zo‘ravonlik jazosiz qolmasligi kerak. Qonunlar nafaqat jazolash, balki bunday dahshatli jinoyatlarning oldini olish uchun ham ishlashi kerak”, – deya yozdi Mirziyoyeva o‘z Telegram-kanalida.
Bugun, 26 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudi qizaloqni avvaliga zo‘rlab, keyin o‘ldirgan qotilga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.
U Jinoyat kodeksining ma’muriy nazorat qoidalarini buzish, nomusga tegish, qasddan odam o‘ldirish va boshqa moddalarida aybdor deb topildi. Sudlanuvchi o‘ta xavfli retsidivist deya belgilandi.
Jamoatchilikni junbushga keltirgan voqea shu yil 31 yanvarida Toshkentning Yangihayot tumanida ro‘y bergan edi. Maktabga ketgan qiz uyiga qaytib kelmagandi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, qotil uning qo‘shnisi bo‘lgan, qiz yashagan uyda muqaddam ustachilik qilgan.
Mavzuga oid
20:45 / 19.09.2024
“Zo‘ravonlik, samosud va qo‘rquv mashinasi bilan xodimlarni ishlatish qadriyatga aylangan” – Inbazar voqeasiga faollar nigohi
20:03 / 19.09.2024
Saida Mirziyoyeva Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
19:39 / 16.09.2024
Inbazar do‘konida xodimni urgan qorovul 7 sutkaga qamaldi
19:26 / 16.09.2024