Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada bosh vazir partiyasi mintaqaviy saylovlarda mag‘lub bo‘ldi
Bosh vazir Pedro Sanches boshchiligidagi Ispaniya sotsial-demokratlari bir qator hududlarni konservatorlarga boy berdi.
Ispaniyadagi mintaqaviy va munitsipal saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, ularda bosh vazir Pedro Sanches boshchiligidagi sotsial-demokratlar partiyasiga muxolifat bo‘lgan Xalq partiyasi konservatorlari g‘alaba qozondi. Bu haqda 29 may, dushanbaga o‘tar kechasi mahalliy OAV yozmoqda.
Munitsipal saylovlarda byulletenlarning 97 foizdan ortig‘i sanab chiqilgach, Sanches boshchiligidagi Ispaniya Sotsialistik ishchi partiyasi 6,1 milliondan sal ko‘proq yoki 28,18 foiz ovoz to‘plagani, 6,9 millionga yaqin yoki saylovchilarning 31,47 foizi esa konservativ Xalq partiyasi uchun ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.
Konservatorlar, boshqa narsalar qatorida, Valensiyada sotsial-demokratlar ustidan ustunlikka ega bo‘lishlari, shuningdek, ularni Sevilyada siqib chiqarishlari kutilmoqda. Shu bilan birga, Ispaniya Sotsialistik ishchi partiyasi, saylovchilar umididan farqli o‘laroq, Barselona meriyasida ko‘pchilikni qayta qo‘lga kirita olmadi, deb xabar beradi Ispaniyaning TVE telekanali.
Shu bilan birga, Sanches bilan koalitsiyada bo‘lgan "Podemos" ("Biz qila olamiz") partiyasining so‘l populistlari ham saylovlarda o‘z ovozlarini yo‘qotdilar.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
09:02 / 05.05.2025
Ruminiyadagi saylovlarning birinchi bosqichida o‘ta o‘ng siyosatchi g‘alaba qozondi
14:29 / 03.05.2025
Britaniyada o‘ng populistlar mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
16:31 / 30.04.2025