Qashqadaryoda yigit boshqa yigitni pichoqlab o‘ldirdi
20 yoshli yigit 25 yoshli yigitni telefon orqali chiqarib olgan va pichoqlagan.

Foto: Getty Images
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hodisa 2023 yil 29 may kuni soat 10:00 larda Kitob tumanida sodir bo‘lgan.
20 yoshli yigit Kitob shahridagi “Sport majmuasi” oldida o‘zaro tortishuv oqibatida 25 yoshli yigitni pichoq bilan qasddan o‘ldirgan.
Daryo manbaasining ma’lum qilishicha, ikki yigit o‘rtasidagi janjal ularning yonida mashina boshqarib ketayotgan qiz tufayli kelib chiqqan.
Oqibatda mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan yigit old o‘rindiqda o‘tirgan yigitni pichoqlagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
2023 yil 29 may kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida futbol o‘yini vaqtida ikki yigitning janjali ulardan birining o‘limi bilan yakunlangandi.
Mavzuga oid

18:36 / 18.09.2024
“Hammadan bir xil undiriladi” - Kitobda yoshlar yetakchilarining maoshi paxta terimi uchun ushlab qolinmoqda

10:27 / 27.11.2023
Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlashda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi

16:06 / 13.11.2023
Qashqadaryoda fuqaro 21 tup qayrag‘ochni kesib tashladi

13:44 / 17.06.2023