Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sariosiyoda 47 yashar erkak “uchastkavoy”ni bolta bilan jarohatladi
Hujum oqibatida profilaktika inspektorining tirsak suyagi singan, qon tomirlari kesilishi oqibatida ko‘p qon yo‘qotgan.
Hodisa 30 may kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Hamkorlik mahallasida sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Rasmiy xabarda keltirilishicha, o‘g‘rilik va giyohvand moddalar bilan noqonuniy muomala qilish jinoyatlarini sodir etgani uchun bir necha marotaba sudlangan, giyohvand shaxs sifatida profilaktik nazoratga olingan 47 yashar erkak mahallasi raisi Nurmamat Shoymardonovning uyiga mast holatda bostirib kirib, janjal ko‘targan. Mahalla profilaktika inspektori kapitan G‘ofur Berdiyev chaqiruvga asosan yetib kelguniga qadar tartibbuzar voqea joyidan qochib ketadi.
U shu kuni kechki payt uyiga qaytib kelgani aniqlanadi. IIB xodimi u bilan profilaktik suhbat o‘tkazish hamda mahalla raisiga nisbatan sodir etgan huquqbuzarlik holatini rasmiylashtirish maqsadida tartibbuzarning xonadoniga borganda qarshilikka uchraydi. Xonadon egasi bolta bilan profilaktika inspektoriga hujum qilib, uning chap qo‘l tirsagini yaralaydi. Shunday bo‘lsa-da, “uchastkavoy” huquqbuzar zararsizlantirishga erishadi.
Shundan so‘ng voqea joyiga qo‘shnilar chiqadi va IIB xodimlari yordamga yetib keladi. Burchini o‘tash chog‘ida hujumga uchragan profilaktika inspektorini hamkasblari shifoxonaga olib borishadi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng uning chap tirsak pastki qismi suyaklari ochiq singani va qon tomirlarining kesilishi oqibatida ko‘p qon yo‘qotgani aniqlanadi hamda IIB xodimiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatiladi.
Holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan.
IIV axborot xizmati hayotini xavf ostiga qo‘yib tartibbuzarni zararsizlantirgan profilaktika inspektorini rag‘batlantirish masalasi ko‘rilayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi
11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi
21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda
16:33 / 12.03.2025