18 yoshli talaba “Open budget”dagi loyiha uchun ovoz yig‘ib berishni aytib fuqaroning 37 mln so‘m pullarini o‘zlashtirdi
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi talaba “Open budget”ga kiritilgan loyiha uchun 4 mingta ovoz yig‘ib berishini aytib fuqaroni chuv tushirgan.

Foto: KUN.UZ
IIV TQD Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, Farg‘ona viloyati, Quva tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro IIBga murojaat qilib, noma’lum shaxs “Telegram” orqali bog‘lanib, “Openbudget” loyihasida 4 mingta ovoz yig‘ib beraman deb aldaganini va pullarini o‘zlashtirib ketganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv natijasida, ushbu jinoyatni Termiz tumanida yashovchi 18 yoshli talaba sodir etgani va u jabrlanuvchining ishonchiga kirib, so‘ng uning bank kartasidan 37 mln so‘m yechib olgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan talabaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunga muvofiq, bunday jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, “Open budget” portali 2018 yilda prezident qarori bilan tashkil etilgan. 2021 yildan boshlab aholi takliflari uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori keskin oshirildi. Takliflar bilan loyihada ishtirok etish bir yilda ikki marta amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.
2023 yil 12 iyun kuni prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida bundan bu yog‘iga “Open budget” loyihalari g‘olib bo‘lishi uchun 1,5 mingta ovoz yetarli bo‘lishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

16:35 / 26.02.2025