Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Gretsiyadagi avariyaviy kemadan 68 yo‘lovchini qutqarganini e’lon qildi
«Admiral Gorshkov» fregati va «Pijma» yuk kemasi halokatga uchragan kema yo‘lovchilarini qutqarishda ishtirok etdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi. SOS signalini yuborgan Avalon kemasi Germaniya va Gretsiya bayroqlari ostida bo‘lgan.
19 iyun, dushanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Rossiya harbiy kemasi O‘rta Yer dengizida halokatga uchraganlarni qutqarishda yordam ko‘rsatdi. «Bugun tunda Shimoliy flotning Sovet Ittifoqi floti admirali Gorshkov» fregati va u hamrohlik qilgan «Pijma» yuk kemasi ekipajlari O‘rta Yer dengizida 68 kishini qutqardi. Ular Gretsiya hududiy suvlarida halokatga uchragan xorijiy Avalon kemasining yo‘lovchilari edi», deyiladi xabarda.
Rossiya harbiy idorasida ta’kidlanganidek, Suriyaning Tartus shahriga yo‘l olgan «Admiral Gorshkov» birinchi bo‘lib Germaniya va Gretsiya bayroqlari ostida suzib yurgan Avalon yaxta tipidagi kemadan avariya signalini oldi, shundan so‘ng Rossiya kemalari yo‘nalishini o‘zgartirgan va «darhol falokat hududiga o‘tishni boshladi».
Avalon yo‘lovchilari «Pijma» yuk kemasiga evakuatsiya qilindi, u yerda ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi, so‘ng Kalimnos oroli ko‘rfaziga olib borildi va Gretsiya qirg‘oqni qo‘riqlash xizmati qayiqlariga o‘tkazildi. Rossiya harbiy idorasi halok bo‘lganlarning millati va halokat xarakteri haqida hech qanday ma’lumot bermadi.
Ilgari «Admiral Gorshkov» gipertovushli raketalarni sinovdan o‘tkazish va qo‘llash bilan shug‘ullangan. Marinetraffic.com ma’lumotlariga ko‘ra, «Pijma» Rossiya bayrog‘i ostida ro‘yxatdan o‘tgan yuk kemasidir.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025