Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosida poyezd elektr energiyadagi uzilish sababli to‘xtab qoldi
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi 5 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirgan.
Joriy yilning 21 iyun kuni Toshkent metropolitenining "Alisher Navoiy" bekatiga harakatlanib kelayotgan 42-sonli harakat tarkibi tashqi elektr energiyadagi uzilish sababli to‘xtab qoldi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, belgilangan yo‘riqnomaga asosan zudlik bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi 5 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirgan.
Hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda, deyiladi rasmiy axborotda.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025