Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida chegara to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinadi
Senat qo‘mitasi tomonidan muhim xalqaro kelishuvlar ratifikatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
2023 yil 20 iyun kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida ikki tomonlama muhim kelishuvlarni ratifikatsiya qilish masalasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Senatorlar “O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomani (Toshkent, 2022 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni atroflicha muhokama qildi.
Mazkur hujjatning ratifikatsiya qilinishi davlat chegarasini demarkatsiya qilish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish masalalarini tizimli hal etishda muhim qadam bo‘lgani ta’kidlandi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:25 / 25.05.2025
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan 100 dan ortiq o‘lik tyulen topildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
20:41 / 23.05.2025
FXX Qozog‘iston fuqarolarining Rossiyaga kirishini taqiqlay boshladi
08:50 / 22.05.2025