Qozog‘iston suv bo‘yicha Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan imzolangan shartnomani qayta ko‘rib chiqishi mumkin
Hujjat irrigatsiya va energetika sohasida Sirdaryo resurslaridan foydalanishni tartibga soladi.
Qozog‘iston 2023 yil oxirigacha Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan Sirdaryo havzasi resurslaridan foydalanish bo‘yicha kelishuvni o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu imkoniyat 2023-2029 yillarga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish konsepsiyasida o‘z ifodasini topgan.
Hujjatning qisqacha tavsifida qayd etilishicha, suv bo‘yicha ushbu kelishuv 1998 yildan beri amal qiladi. Hujjat irrigatsiya va energetika sohasida Sirdaryo resurslaridan foydalanishni tartibga soladi.
Hozirgi kelishuvga asosan GESlarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortiqcha qismi Qozog‘iston va O‘zbekistonga o‘tkaziladi. Buning evaziga Qirg‘iziston qo‘shnilaridan energoresurslar, moliya va tijorat xizmatlarini oladi.
Qozog‘iston suv tanqisligi mintaqadagi asosiy va kuchayib borayotgan muammolardan biriga aylanib borayotgani sababli hujjatni o‘zgartirishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin. Iqlimshunoslar fikricha, mintaqaning ayrim mamlakatlarida 2040 yilga borib suv resurslariga bosim 2,8 barobar ortadi. 2050 yilga borib, Sirdaryo 15 foizga sayozlashishi mumkin.
Hujjatning batafsil mazmuni ma’lum emas.
Mavzuga oid
13:51
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
20:34 / 20.11.2024
Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
18:39 / 20.11.2024